Retro Bowl

Retro Bowl

Ijodkor: New Star Games
Retro Bowl — bu sizni jamoa boshqaruvchisiga aylantiradigan ajoyib futbol o‘yini! Ushbu retro uslubidagi o‘yinda o‘yinchilarni mashq qildiring, bazani kuchaytiring, jamoangizni rivojlantiring va, albatta, to‘p surib o‘z afsonangizni yarating!

Retro Bowl haqida

Hujumni boshqaring, jamoangizni kuchaytiring va agar klubni to'g'ri boshqarsangiz, 100 dan ortiq mavsum davom etadigan afsonaga asos soling.

Poki — yagona litsenziyalangan Retro Bowl veb-talqinining rasmiy maskanidir. Hoziroq bepul o'ynang va orzuingizdagi jamoani tuzishni boshlang.

Retro Bowl fokuslari va sirlari

Retro Bowl ustalari maxsus usullardan foydalanishadi. Agar ularni o'rganib olsangiz, xuddi kod ishlatgandek o'ynay olasiz.

Quyida eng mashhur 4 ta Retro Bowl fokusini bilishingiz mumkin:

  • Oldinga sho'ng'ib masofa oling: Oldinga sho'ng'ish sizga kafolatlangan 2 yard masofani beradi. Undan gol chizig'ida yoki 3rd & short vaziyatlarida unumli foydalaning.
  • WR to'p tutishini yaxshilang: Tezkor to'p uzatishda (bullet pass) to'pni ilib olish ehtimolini oshirish uchun uni WR'dan biroz oldinroqqa mo'ljallang.
  • RB bilan masofa yuting: RB bilan birdan yugurish o'rniga, u ochiq zonaga chiqquncha kuting va to'pni unga tashlang. Bu har safar 5 yardgacha masofa olish imkonini beradi.
  • Past yulduzli o'yinchilardan foydalaning: Bu usul asosan QB va to'p iluvchilar (receiver) uchun. QB'lar 3-5 yardlik to'p uzatishlarni ishonchli tarzda yakunlaydi, past yulduzli qabul qiluvchilar esa qisqa paslarni bexato tutadi. Bu tezda masofa yutishning ajoyib yo'lidir.

Retro Bowl bo'yicha professional maslahatlar

Retro Bowl'da g'alaba qozonish siri maydonni to'g'ri baholash va tezkor javob qaytarishdadir. Tavakkaliga uzoqqa to'p otish bilan yutib bo'lmaydi. Har bir urinishda to'g'ri qaror qabul qilish kerak. Quyidagi maslahatlar bilan Retro Bowl'ni haqiqiy professionaldek o'ynang.

To'p uzatish va ochko to'plash

To'g'ri uzatishni tanlash to'pni uzoqqa otishdan muhimroq. Qaysi uzatma mos kelishini biling:

  • Qisqa uzatmalar (5–10 yard): Eng xavfsiz yo'l. Hujumni davom ettiradi va to'p yo'qotish xavfini kamaytiradi.
  • O'rta masofali uzatmalar: Qabul qiluvchi bir himoyachidan o'zib ketganda eng yaxshi variant.
  • Uzoq uzatmalar: Faqat himoya butunlay ochiq qolgandagina qo'llang.

To'pni qabul qiluvchi o'z yo'nalishini yakunlashidan oldin uzating. Erta uzatmalar joy yaratadi va to'pni oldirib qo'yish xavfini kamaytiradi. Ko'p kutib qolish himoyachilarga yetib olish imkonini beradi.

G'alabali hujumlarning ko'pi 10 yard yoki undan qisqa uzatmalardan keladi. Uzoq paslar faqat qabul qiluvchi aniq bo'shab chiqqandagina ish beradi. Agar ikki himoyachi tayyor turgan bo'lsa, qisqa masofani oling va hujumni qaytadan quring.

Vaqtni nazorat qilish asoslari

Vaqtni to'g'ri boshqarish qiyin o'yinlarda g'alaba keltiradi.

Qisqa paslar va erta sho'ng'ishlar orqali masofa yo'qotmasdan vaqtni o'tkazish mumkin.

Oldinda borayotganingizda, ikkinchi va to'rtinchi choraklarda 30-35 soniyadan kam vaqt qolganda ochko olishga harakat qiling. Bu raqib jamoaga bo'lim tugaguncha yetarli masofani bosib o'tishni juda qiyinlashtiradi.

Agar hisobda ortda qolayotgan bo'lsangiz, vaqtni to'xtatish uchun maydon chetiga qarab pas bering. Har bir soniya g'animat!

Eng zo'r jamoani shakllantirish

Kuchli jamoalar strategik yangilanishlar orqali tuziladi. Cheklangan tarkibni va o'yinchilarning yulduz darajasini to'g'ri boshqarish g'alabali seriyani saqlab qolishni hal qiladi.

O'yinchilarni oqilona kuchaytirishdan boshlang. Birinchi bo'lib kuchaytirish kerak bo'lgan eng muhim o'yinchilar:

  • Kvoterbek (Quarterback): Vaqtni mo'ljallash va nazoratni yaxshilaydi.
  • Uayd-resiverlar (Wide receivers): To'p uzatish uchun xavfsizroq maydon yaratadi.
  • Ranningbek (Running back): O'yin oxirlarida ko'proq nazorat beradi.

Maosh limitini boshqarish

Siz 150 million dollarlik maosh limiti bilan boshlaysiz, bu 5 yulduzli o'yinchilardan iborat to'liq jamoa tuzish uchun yetarli emas. Shuning uchun kvoterbekka vaqt yaratib beradigan hujumchilar va qiyin vaziyatlardan olib chiqadigan himoyachilardan iborat muvozanatli jamoa tuzish muhim.

100 ta Murabbiylik Kreditini (Coaching Credit) sarflab, limitni 175 million dollarga oshira olasiz. Ammo buni to'plash uchun 2-4 mavsum kerak bo'ladi.

Draf, almashinuv va o'yinchilarni chiqarib yuborish

Uzoq muddatli muvaffaqiyat jamoani boshqarishga bog'liq. Retro Bowl ustasi bo'lgan o'yinchilar muvaffaqiyatga erishish uchun tarkibni muntazam qayta ko'rib chiqadilar.

  • Draft: Sizga uzoq muddatli foyda va limitda joy kerak. Yosh o'yinchilarni olishga intiling, chunki ular arzonroq va tezroq o'sadi.
  • Almashinuv (Trade): Agar o'yinchining narxi juda oshib ketayotgan bo'lsa, uni almashtirishingiz kerak.
  • Chiqarib yuborish: O'yinchi sizning o'yin uslubingizga to'g'ri kelmay qolsa, u bilan xayrlashish vaqti keldi. Strategiyangizdagi o'zgarishlar jamoangizning kuchli tomonlarida aks etishi kerak.

Retro Bowl imkoniyatlari

Retro Bowl — bu shunchaki futbol o'ynash emas, balki jamoani boshqarish, stadion va bazani yaxshilash, o'yinchilar hamda murabbiylar kayfiyatini ko'tarish va muxlislarni xursand qilishdir.

Asosiy o'yin jarayoni

  • Hujum nazorati: Har bir hujum harakatini siz boshqarasiz. Vaqtni to'g'ri tanlash va jamoa boshqaruvi hujum davom etishi yoki to'xtashini hal qiladi.
  • Ob-havo ta'siri: Yomg'ir va shamol to'p uzatishni qiyinlashtiradi. Bu esa to'p kuchini moslashtirish, xavfsizroq yo'llarni tanlash va tavakkalli uzoq uzatmalardan qochishga majbur qiladi.
  • Taktika o'zgartirish (Audibles): Rejani tezkor o'zgartirish va tanaffuslar himoyachilar kutilmagan usul qo'llaganda darhol javob qaytarishga va hujum paytida nazoratni saqlab qolishga yordam beradi.

Jamoa boshqaruvi

  • Tarkibni boshqarish: 150 million dollarlik maosh limiti doirasida o'yinchilarni draft qiling, almashing va shartnoma tuzing. Muvozanatli tarkib reja buzilganda yangi variantlarni saqlab qoladi.
  • O'yinchilar kayfiyati: Past kayfiyat tufayli o'yinchilar to'pni tushirib yuborishi yoki noaniq pas berishi mumkin. Bir o'yinchining holati juda yomon bo'lsa, bu butun jamoaning ruhiyatiga ta'sir qilishi mumkin.
  • Mashg'ulotlar: O'yinchilaringizning kuchi, chidamliligi, tepish va uzatish mahoratini oshiring. Har bir yangilanish vaqt o'tishi bilan ularning yulduz darajasini oshiradi.
  • Murabbiylik kreditlari (Coaching Credits): O'yinlarda g'alaba qozonish orqali siz murabbiylik kreditlariga ega bo'lasiz. Ushbu kreditlar stadionni yangilashdan tortib, xodimlarni yollash va o'yinchilarni kuchaytirishgacha bo'lgan barcha narsalar uchun sarflanadi.
  • Muxlislar reytingi: Muxlislarning mamnunligi g'alabadan keyin qancha kredit olishingizga to'g'ridan-to'g'ri ta'sir qiladi. Yuqori qo'llab-quvvatlash (66-100%) 3 ta kredit, o'rtacha (33-66%) 2 ta kredit va past (0-33%) 1 ta kredit beradi.

O'sish va maqsadlar

  • Karyera rejimi: Har bir mavsum oldingisiga tayanadi. Oqilona yangilanishlar vaqt o'tishi bilan o'yinlarni osonlashtiradi, noto'g'ri qarorlar esa jamoani qayta tiklashga majbur qiladi.
  • O'rtoqlik o'yini (Exhibition Game): Karyerangizga zarar yetkazmasdan turli usul va strategiyalarni sinab ko'rish uchun o'rtoqlik o'yinidan foydalaning. Retro Bowl 2 o'yinchi rejimi ham shu yerda joylashgan. Unga sozlamalar menyusi orqali kirish mumkin.
  • Shon-sharaf zali (Hall of Fame): Shon-sharaf zali o'yinchilar faoliyatini tugatgandan keyin ham ularning natijalarini ko'rish uchun saqlab qolish imkonini beradi. Shuningdek, bu yerda o'z yutuqlaringiz va statistikangizni ko'rishingiz mumkin.

Retro Bowl qanday o'ynaladi

Retro Bowl o'yinini kompyuter va telefonda qanday o'ynash quyidagicha:

Kompyuterda:

  • To'p otish: To'p yo'nalishini belgilash uchun sichqonchaning chap tugmasini bosib turing va suring. Otish uchun tugmani qo'yib yuboring.
  • Chetlab o'tish: Boshqa o'yinchilardan qochish va yuqoriga-pastga harakatlanish uchun klaviaturadagi W va S tugmalaridan foydalaning.
  • To'p uzatish: To'pni uzatish uchun qabul qiluvchi o'yinchi ustiga bosing va ushlab turing.
  • Sho'ng'ish: Yugurish paytida oldinga sho'ng'ish uchun klaviaturadagi A tugmasidan foydalaning.
  • Sekinlashish: Harakatni sekinlashtirish uchun klaviaturadagi D tugmasidan foydalaning.
  • To'p tepish: Kuch shkalasi to'lganda bosish orqali tepish kuchini belgilang. So'ng ko'rsatkichlar o'rtaga to'g'rilanganda bosib yo'nalishni tanlang.

Telefonda:

  • To'p otish: To'p uzatish uchun o'yinchiga bosing va ushlab turing. Qo'yib yuborishdan oldin barmog'ingiz bilan nishonga oling.
  • Chetlab o'tish: To'p bilan yugurayotganda chetlab o'tish uchun ekranni yuqoriga yoki pastga suring.
  • To'p uzatish: To'pni uzatish uchun o'yinchiga bosing va ushlab turing.
  • Sho'ng'ish: Qo'shimcha yard olish uchun oldinga suring (tezlikni yo'qotish xavfi bor).
  • Sekinlashish: Vaqtincha to'xtab qolish yoki sekinlashish uchun orqaga suring.
  • To'p tepish: Kuch shkalasi to'lganda ekranga bosib tepish kuchini belgilang. So'ng ko'rsatkichlar o'rtaga kelganda ekranga tegib yo'nalishni tanlang.

O'yin rejimlari

Retro Bowl g'alaba qozonish uchun talab qilinadigan mahorat va nazoratni o'zgartiruvchi 5 ta o'yin rejimini taklif etadi.

O'yin rejimi Nimalar o'zgaradi Kimlar uchun
Oson, o'rta va qiyin rejimlar Ushbu 3 rejim raqiblarning mahorati va ularning himoyasi qanchalik kuchli bo'lishini belgilaydigan turli xil qiyinlik darajalariga ega. Oson: Yangi boshlovchilar uchun. O'rta: Muvozanatli o'yin qidirayotganlar uchun. Qiyin: Haqiqiy sinovni istaganlar uchun.
Ekstremal rejim (Extreme) Bu yerda barcha raqiblar 5 yulduzli darajada o'ynaydi. Bu esa mukammal vaqt hissi va vaqtni oqilona boshqarishni talab qiladi. Ushbu rejim faqat Retro Bowl'ning haqiqiy ustalari uchun mo'ljallangan.
Dinamik rejim (Dynamic) Bu rejim o'ynashingizga qarab qiyinlikni avtomatik sozlaydi. Ko'proq yutsangiz qiyinlashadi, yutqazsangiz osonlashadi. O'z mahoratiga mos keladigan qiziqarli o'yinni istaganlar uchun qulay.

Retro Bowl'ni kim yaratgan?

Retro Bowl 2020-yil yanvar oyida iOS va Android uchun New Star Games tomonidan chiqarilgan. Veb-versiyasi 2021-yilda Poki'da taqdim etildi va darhol xitga aylandi. O'shandan beri u o'yinchilarimizdan deyarli 1 million ijobiy ovoz oldi.

Retro Bowl unblocked

Poki'da siz Retro Bowl Unblocked o'ynashingiz mumkin bo'lgan rasmiy veb-sayt mavjud.

Retro Bowl ilovasi

Retro Bowl iOS va Android uchun rasmiy mobil ilovaga ham ega.

O'ynash uchun boshqa retro o'yinlar

Agar sizga Retro Bowl'dagi retro uslub va tezkor futbol yoqsa, katta ligalar o'rniga kollej jamoasini boshqaradigan Retro Bowl College o'yinini sinab ko'ring.

Agar tezroq o'yinlar va shiddatli harakatlarni xohlasangiz, 4th and Goal 2024 klassik Amerika futbolini yanada yuqori sur'atda taqdim etadi.

Qisqa va nihoyatda hayajonli daqiqalar uchun har bir soniya muhim bo'lgan 2 Minute Football Classic o'yinini o'ynab ko'ring!

Oʻyin haqida

  • Boshqaruv
    Kompyuterda nishonga olish uchun sichqonchani tort va otish uchun qo'yib yubor. Harakatlanish uchun W va S, sho'ng'ish uchun A, sekinlashish uchun D tugmalaridan foydalan. Tepish uchun sichqonchani bos. Mobilda pas berish uchun bosib tur va nishonga olish uchun tort. Qochish, sho'ng'ish yoki sekinlashish uchun sur, tepish uchun esa ekranga teg!
  • Qoʻllab-quvvatlanadigan qurilmalar
    kompyuter, telefon va planshet
  • Ishlab chiquvchi
    New Star Games
  • Janr
    Sport oʻyinlari
  • Chiqarilish sanasi
    may, 2020
  • Soʻnggi yangilanish
    mart, 2025
  • Reyting
    4.4 (1,216,329 Ovozlar)

Bu ishlab chiquvchining boshqa oʻyinlari

Koʻp soʻraladigan savollar

Retro Bowlda eng yaxshi jamoa qaysi?
"Eng yaxshi jamoa" degani yo'q. Eng yaxshi jamoa — bu o'z qarorlaringiz asosida tuzgan jamoangizdir. Vaqtni to'g'ri tanlash va nazorat yulduzlar reytingidan muhimroq.
Retro Bowl'ni 2 o'yinchi bilan o'ynasa bo'ladimi?
Ha. Retro Bowl o'yinida Exhibition Game orqali kirish mumkin bo'lgan 2 o'yinchili rejim mavjud.
Retro Bowl o'yinida o'yin jarayonini qanday saqlash mumkin?
Tizimga kirganingizda Poki o'yin jarayoningizni avtomatik ravishda saqlaydi.
Retro Bowl'ni to'liq ekranda o'ynash mumkinmi?
Ha. Retro Bowl o'yinini to'liq ekranda o'ynash uchun o'yin ekranining pastki o'ng burchagidagi "to'liq ekran" tugmasini bosishingiz kifoya.

Ilovani oling

  • App Store logo
  • Google Play logo
© Poki · poki.com